⚖ HUQUQ HUBYuridik klinika

Maxfiylik siyosati

Tahrir: 2026-yil noyabr. Sinov (pilot) versiyasi uchun.

Loyiha matni. Ushbu siyosat ommaviy ishga tushirishdan oldin huquqshunos tomonidan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tekshirilishi va operator rekvizitlari bilan to‘ldirilishi kerak. Sinov davrida haqiqiy shaxsiy yoki maxfiy ma’lumot kiritmang.

1. Kim ma’lumotlarni qayta ishlaydi

HUQUQ HUB — talabalar LegalTech loyihasi. Mas’ul shaxs: Adhamjon Ibrohimov. Murojaat uchun: ibrohimovadham913@gmail.com.

2. Qanday ma’lumotlar to‘planadi

Hujjat konstruktoriga kiritilgan ma’lumotlar (F.I.Sh., tashkilot, vaziyat) serverda saqlanmaydi — hujjat brauzeringizda yaratiladi.

3. AI xizmati

“AI bilan matnni yozish” tugmasini bossangiz va rozilik bersangiz, vaziyat tafsilotlari, talab, qabul qiluvchi va summa hujjat matnini tuzish uchun Cloudflare Workers AI xizmatiga yuboriladi. Ismingiz (murojaatchi maydoni) yuborilmaydi. HUQUQ HUB bu matnni o‘z bazasida saqlamaydi va logga yozmaydi.

4. Maqsad va saqlash muddati

5. Ma’lumotlar qayerda saqlanadi

Hisob va murojaatlar Supabase bulut xizmatida saqlanadi (hudud: [loyiha egasi to‘ldiradi]). Kirish faqat himoyalangan (HTTPS) ulanish orqali, har bir foydalanuvchi faqat o‘z murojaatlarini ko‘radi; barcha murojaatlarni faqat tayinlangan klinika moderatori ko‘radi.

6. Huquqlaringiz

Siz o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar bilan tanishish, ularni o‘zgartirish, o‘chirish va rozilikni qaytarib olish huquqiga egasiz. Buning uchun yuqoridagi emailga murojaat qiling.

7. Muhim ogohlantirish

HUQUQ HUB natijalari — dastlabki yo‘l-yo‘riq va hujjat loyihasi. Ular advokat yoki yuristning shaxsiy maslahati o‘rnini bosmaydi.